
JIDUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi
JIDUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yoshlar orasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish maqsadida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida navbatdagi ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’rifiy tadbirni universitetning yetakchi olimlaridan biri — professor E.Sultonova olib bordi. U talabalarga mavzuga oid dolzarb masalalarni chuqur yoritib berdi hamda zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlari va ularning jamiyatga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ma’rifat soati davomida:
-jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va kiber zo‘ravonlik tushunchalari;
-yoshlarning huquqiy himoya mexanizmlari;
-zo‘ravonlik holatlarida to‘g‘ri murojaat qilish tartibi;
-yordam beruvchi tashkilotlar va ishonch telefonlari faoliyati kabi mavzular keng yoritildi.
Dars jarayonida talabalar professor E.Sultonovaga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassis tomonidan amaliy tavsiyalar berildi. Ma’rifat soati yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
| Sana: | 24.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 684 |
| Ulashish: |




