
241-maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili bo‘yicha interaktiv mashg‘ulot o‘tkazildi
241-maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili bo‘yicha interaktiv mashg‘ulot o‘tkazildi

2026-yil 15-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Usmanova tomonidan 241-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Developing English Language Skills” mavzusida interaktiv mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar guruhli muhokamalar, amaliy topshiriqlar va interaktiv mashqlar orqali ingliz tilida muloqot qilish, tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Mazkur tashabbus BMTning 4-Barqaror rivojlanish maqsadi – “Sifatli ta’lim” bilan uyg‘un bo‘lib, maktab o‘quvchilarining til ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.




