Talabalar uchun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashiga amaliy mashg‘ulot tashkil etildi

    Joriy yilning 6-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun Siyosatshunoslik fani doirasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashiga amaliy tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrif kafedra professor-o‘qituvchilari G.S.Djumayeva, D. Xudoyberganova va N. Kushayeva rahbarligida amalga oshirildi.

    Amaliy mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning siyosatshunoslik fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalardan biri O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining tashkil etilishi, faoliyat yo‘nalishlari, tashkiliy tuzilmasi hamda jamiyat siyosiy hayotidagi o‘rni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

    Tashrif davomida talabalar partiya faoliyati, uning asosiy vazifalari, siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va aholi manfaatlarini ifodalashga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, siyosiy partiyalarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va demokratik jarayonlardagi ahamiyati yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratildi.

    Ta’kidlash joizki, ayni haftada Siyosatshunoslik fani doirasida «Siyosiy partiyalar» mavzusi o‘rganilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, mazkur amaliy tashrif dars mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib, talabalarga nazariy bilimlarni real siyosiy institut faoliyati misolida o‘rganish imkonini berdi.

    Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning siyosiy jarayonlarni chuqurroq anglashiga, mustaqil tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.