
SDG va prezidentlik instituti: konstitutsiyaviy tahlilga bag‘ishlangan ma’ruza tashkil etildi
SDG va prezidentlik instituti: konstitutsiyaviy tahlilga bag‘ishlangan ma’ruza tashkil etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti Israilova Zarina va Ibragimova Muxlisa tomonidan konstitutsiyaviy huquq fani doirasida “Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) va prezidentlik instituti: konstitutsion-huquqiy tahlil” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarining mazmuni, ularning davlat boshqaruvi tizimidagi ahamiyati hamda prezidentlik institutining ushbu jarayondagi o‘rni atroflicha yoritildi.
Ayniqsa, SDGning 16-maqsadi — tinchlik, adolat va samarali institutlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, prezidentlik institutining konstitutsion-huquqiy maqomi, davlat siyosatini shakllantirishdagi roli va milliy darajada SDGni amalga oshirishdagi ishtiroki ilmiy jihatdan tahlil qilindi.
Ma’ruza interaktiv shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilar bilan faol muloqot, savol-javoblar va fikr almashinuvlar bo‘lib o‘tdi.
Xulosa sifatida, mazkur ma’ruza Barqaror rivojlanish maqsadlari va prezidentlik instituti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur anglashga xizmat qildi.
| Sana: | 06.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 49 |
| Ulashish: |




