
JIDU talabalar o‘rtasida miltiq va pnevmatik to‘pponchadan otish musobaqasini tashkil etdi
JIDU talabalar o‘rtasida miltiq va pnevmatik to‘pponchadan otish musobaqasini tashkil etdi

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar ittifoqi yoshlar orasida vatanparvarlik va Vatanga muhabbatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etmoqda.
Xususan, joriy yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazida talabalar o‘rtasida miltiq va pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Tadbirning maqsadi vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini faol va mazmunli o‘tkazish, hamda jismoniy tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Musobaqa natijalari:
Miltiqdan otish bo‘yicha:
• 1-o‘rin: Akmalsher Rahimov
• 3-o‘rin: Nabijon Isajonov
Pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha:
• 1-o‘rin: Rahmatullayev Abdulaziz
• 2-o‘rin: Olimzoda Isfandiyor
• 3-o‘rin: Egamberdiyev Nodirbek
JIDU Yoshlar ittifoqi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘q otish maydoni boshlig‘i polkovnik M.Mamadaminovga musobaqani yuqori darajada tashkil etgani va talabalarning bo‘sh vaqtini qiziqarli o‘tkazishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.