JIDUda yaponlarning an’anaviy “Karuta” o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

JIDUda yaponlarning an’anaviy “Karuta” o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda yaponlarning an’anaviy “Karuta” o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda yaponlarning an’anaviy “Karuta” o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 3-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti ikkinchi kurs talabalari o‘rtasida yaponlarning an’anaviy “Karuta” o‘yini bo‘yicha har yilgi turnir bo‘lib o‘tdi.

    Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir yapon tili, she’riyati va madaniyatiga qiziquvchi talabalarni bir joyga jamladi.

    “Karuta” — yaponlarning an’anaviy o‘yini bo‘lib, u “Ogura Xyakunin Issyu” (“Yuz shoirning yuzta she’ri”) mumtoz she’riy antologiyasiga asoslangan. O‘yin ishtirokchilardan diqqat-e’tibor, tezkorlik, kuchli xotira va yapon she’riyatini yaxshi bilishni talab etadi.

    Turnir davomida talabalar boshlovchi tomonidan o‘qilgan dastlabki bo‘g‘inlardanoq she’rlarni ilg‘ab olib, diqqatni jamlash, chaqqonlik hamda yapon nutqini eshitib tushunish bo‘yicha yuqori ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

    Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi talabalarning yapon tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Yaponiyaning madaniy va adabiy merosini keng targ‘ib qilish, shuningdek, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Sharq tillari kafedrasi turnirni tashkil etish va o‘tkazishda yaqindan yordam bergan Xitotsubasi universiteti talabasi Ikeda Xaruki (Ikeda Haruki) hamda Sukuba universiteti talabasi Xondzyo Sakiga (Honjo Saki) o‘z minnatdorchiligini bildiradi.