Talabalikning ilk kuni muborak!

Talabalikning ilk kuni muborak!

    Talabalikning ilk kuni muborak!

    Talabalikning ilk kuni muborak!

    Joriy yilning 7-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining 1-bosqich talabalari universitetdagi ilk saboqlarini boshladilar. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbir davomida talabalar universitet muhiti, ta’lim jarayoni hamda ichki tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishtirildi.

    Tadbirda Xalqaro huquq fakulteti dekani Serikbek Muratayev shuningdek, profilaktika inspektori, universitet psixologi hamda yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar so‘zga chiqib, talabalarni yangi bosqich bilan samimiy tabriklab, universitetning qadriyatlari va ta’lim muhiti, o‘quv jarayonining tashkil etilishi;
    ichki tartib-intizom qoidalari, talabalarning huquq va majburiyatlari, xavfsizlik, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

    Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat universitet hayotiga ilk qadam, balki kelgusidagi professional faoliyatiga mustahkam poydevor bo'ladigan muhim yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘tadi.