
JIDUda “BOOK LOOP” kitob almashinuvi tadbiri tashkil etildi
JIDUda “BOOK LOOP” kitob almashinuvi tadbiri tashkil etildi

2026-yil 4-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi” doirasida talaba Saida Azatova tashabbusi bilan “BOOK LOOP” kitob almashinuvi tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadi — “Sifatli ta’lim” hamda 12-maqsadi — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish”ni targ‘ib etish, talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bilim almashinuvini rag‘batlantirishga qaratildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlari mutolaa qilib bo‘lgan kitoblarini boshqa adabiyotlarga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Almashinuvga faqat asl nusxadagi, 100 sahifadan ortiq hamda foydalanishga yaroqli holatdagi kitoblar qabul qilindi. Jarayon ishtirokchilar uchun qulay va erkin formatda tashkil etilib, har bir qatnashchiga esdalik xatcho‘pi taqdim etildi.
“BOOK LOOP” tashabbusi kitoblardan takroriy foydalanish orqali resurslarni tejash, talabalar o‘rtasida mutolaa va bilim almashish muhitini kengaytirish hamda mas’uliyatli iste’mol tamoyillarini kundalik hayotga tatbiq etishga xizmat qildi.
| Sana: | 04.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 44 |
| Ulashish: |



