Markaziy Osiyo qishki maktabi – 2027

Markaziy Osiyo qishki maktabi – 2027

    Markaziy Osiyo qishki maktabi – 2027

    Markaziy Osiyo qishki maktabi – 2027

    Dastur haqida

     Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) tomonidan tashkil etilayotgan Markaziy Osiyo qishki maktabi – 2027 Markaziy Osiyoda XXI asrda yuz berayotgan geosiyosiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jarayonlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan intensiv akademik dastur hisoblanadi.

    Dastur mahalliy va xorijiy talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda istiqbolli mutaxassislarni birlashtirib, ekspertlar ma’ruzalari, institutsional tashriflar, madaniy ekskursiyalar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali madaniyatlararo muloqot, akademik almashinuv va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

    O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida JIDU bo‘lajak diplomatlar, davlat va xalqaro tashkilotlar uchun mutaxassislar hamda xalqaro munosabatlar sohasidagi kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro huquq yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Universitet mintaqaviy va global jarayonlar chuqur tahlil qilinadigan zamonaviy akademik muhitni taqdim etadi.

    Universitetning Markaziy Osiyo qishki maktabiga mezbonlik qilishi mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar yuzasidan akademik mukammallik, xalqaro hamkorlik va ochiq muloqotni rivojlantirishga bo‘lgan intilishining ifodasidir.

     Dasturning maqsadlari

     Qishki maktab quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

    · Ishtirokchilarning Markaziy Osiyoning geosiyosiy, tarixiy, iqtisodiy, xavfsizlik va ijtimoiy-madaniy jarayonlari haqidagi bilimlarini kengaytirish.

    · Mahalliy va xorijiy talabalar hamda yosh tadqiqotchilar o‘rtasida fikr almashish, akademik aloqalarni rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik uchun platforma yaratish.

    ·Madaniy ekskursiyalar va ijtimoiy tadbirlar orqali O‘zbekistonning tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishtirish.

    ·  Xavfsizlik, tashqi siyosat, iqtisodiy hamkorlik, transport bog‘liqligi va ekologik barqarorlik kabi dolzarb masalalar yuzasidan tanqidiy fikrlash va jamoaviy muhokamalarni rag‘batlantirish.

    ·  Markaziy Osiyoning global jarayonlardagi o‘zgarib borayotgan rolini chuqurroq anglash va xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash.

    Asosiy tematik yo‘nalishlar

     Akademik dastur o‘zaro bog‘liq sakkizta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:

    ·                Geosiyosat va mintaqaviy diplomatiya.

    ·                Mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklik.

    ·                Iqtisodiy transformatsiya va global integratsiya.

    ·                Transport bog‘liqligi va strategik resurslar.

    ·                Madaniy diplomatiya va yumshoq kuch.

    ·                Yoshlar va ijtimoiy transformatsiya.

    ·                Iqlim o‘zgarishi va ekologik xavfsizlik.

    ·                Markaziy Osiyoning kelajagi.

    Shuningdek, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va tadbirkorlik masalalari maxsus institutsional tashrif doirasida o‘rganiladi.

    Eslatma: Dastur tematik yo‘nalishlari hozirda ishlab chiqilmoqda va o‘zgarishi mumkin.

     Ishtirokchilar profili va tanlov tartibi

     Qishki maktab Markaziy Osiyo tadqiqotlari, xalqaro munosabatlar, diplomatiya, iqtisodiyot va turdosh yo‘nalishlarga qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh tadqiqotchilar hamda istiqbolli mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

     Ariza topshirish va tanlov muddatlari:

     -     Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 4-noyabrdan 1-dekabrgacha.

      -      Tanlov natijalarini e’lon qilish: 2026-yil 5-dekabr.

     

    Ariza topshirish to‘lovi:

      -         Xorijiy ishtirokchilar uchun — 20 AQSH dollari.

      -         Mahalliy ishtirokchilar uchun — 240 000 so‘m.

      Dasturda ishtirok etish to‘lovi:

      -         Xorijiy ishtirokchilar uchun — 250 AQSH dollari.

      -         Mahalliy ishtirokchilar uchun — 1 500 000 so‘m.

     Tanlov mezonlari: Akademik natijalar, motivatsiya, darsdan tashqari faollik hamda Markaziy Osiyo masalalariga oid akademik yoki ilmiy-tadqiqot qiziqishlarining dolzarbligi.

    Dastur haqida umumiy ma’lumot

    O‘tkazilish joyi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU), Toshkent, O‘zbekiston.

    Dastur quyidagi faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi:

    · Ma’ruzalar: Yetakchi olimlar, diplomatlar, siyosatchilar va mintaqaviy ekspertlar tomonidan siyosiy, geosiyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar.

    · Institutsional tashriflar: Mintaqaviy va xalqaro masalalar bilan shug‘ullanuvchi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari, tahlil markazlari va tashkilotlar faoliyati bilan tanishish.

    ·       Maxsus ma’ruzalar: Taniqli diplomatlar, siyosatchilar va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar hamda fikr almashish sessiyalari.

    ·  Madaniy va tarixiy ekskursiyalar: Toshkent shahridagi tarixiy obidalar, madaniy meros maskanlari va diqqatga sazovor joylarga tashriflar.

    · Interaktiv mashg‘ulotlar: Guruh muhokamalari, jamoaviy topshiriqlar, hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari va tanishuv tadbirlari.

     Kutilayotgan natijalar

     Qishki maktab yakunida ishtirokchilar:

    · Markaziy Osiyodagi zamonaviy siyosiy, iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar bo‘yicha bilimlarini kengaytiradilar.

    ·     Tahliliy fikrlash va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

    ·   Mahalliy va xorijiy ishtirokchilar bilan akademik hamda professional aloqalar o‘rnatadilar.

    · Markaziy Osiyoning madaniy xilma-xilligi, tarixiy merosi va mintaqaviy ahamiyati haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ladilar.

    · JIDUning xalqaro akademik hamkorlik va mintaqaviy tadqiqotlar markazi sifatidagi faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.

    Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

     Ishtirok etish va tashkiliy masalalar

     · Turar joy: Taqdim etilmaydi. Ishtirokchilar turar joyni mustaqil ravishda tashkil etishlari va tegishli xarajatlarni o‘zlari qoplashlari lozim.

      ·    Tushlik: Dastur kunlari barcha ishtirokchilar uchun tushlik taqdim etiladi.

     ·    Yo‘l xarajatlari: Ishtirokchilar borish va qaytish bilan bog‘liq transport xarajatlarini mustaqil qoplaydilar.

    ·     Sug‘urta: Shaxsiy tibbiy va sayohat sug‘urtasini rasmiylashtirish ishtirokchilarning zimmasida.

    ·        Ta’lim tili: Ingliz tili.

    Ariza topshirish tartibi

    Ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar onlayn ariza shaklini to‘ldirishlari va quyidagi hujjatlarni yuklashlari lozim:

    ·                Tarjimai hol (CV);

    ·                Motivatsion xat;

    ·                Talabalik guvohnomasi (amaldagi talabalar uchun);

    ·                Ariza topshirish to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.

     

    Ariza topshirish uchun: Iltimos, quyidagi forma orqali ro‘yxatdan o‘ting

     

    Faqat to‘liq to‘ldirilgan va barcha talab etilgan hujjatlar ilova qilingan arizalar ko‘rib chiqiladi.

     Qo‘shimcha ma’lumot va savollar yuzasidan international@uwed.uz elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat mavzusida Central Asia Winter School 2027 deb ko‘rsatilishi so‘raladi.

     To‘lovlarni qaytarish bo‘yicha muhim ma’lumot

     Ariza topshirish va ishtirok etish uchun amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmaydi.

     Ro‘yxatdan o‘tishdan so‘ng tashkiliy va ma’muriy tayyorgarlik ishlari, jumladan, ma’ruzachilar va ekspertlar bilan muvofiqlashtirish, o‘quv materiallarini tayyorlash hamda dastur doirasidagi tadbirlarni tashkil etish jarayonlari boshlanadi. Mazkur to‘lovlar Qishki maktabni sifatli tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.