JIDUda fors tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi tashkil etildi

JIDUda fors tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi tashkil etildi

    JIDUda fors tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi tashkil etildi

    JIDUda fors tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi tashkil etildi

    Joriy yilning 16-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) fors tilini o‘rganayotgan 3-bosqich talabalari o‘rtasida fors tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir talabalarning fors tilidagi nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, omma oldida erkin chiqish qilish malakasini shakllantirish hamda sharq tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

    Tanlovda 30 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar fors tilida turli mavzularda ma’ruzalar va taqdimotlar bilan chiqish qilib, o‘zlarining til bilimi, nutq madaniyati va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar. Talabalar tomonidan tarix, madaniyat, adabiyot, zamonaviy jamiyat va xalqaro aloqalar kabi mavzular yoritildi.

    Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Baholash jarayonida nutqning ravonligi, talaffuzning to‘g‘riligi, ma’ruzaning mazmundorligi, fikrlarning izchilligi hamda notiqlik mahorati kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratildi. Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat til bilimlarini, balki erkin fikrlash, auditoriya bilan ishlash va o‘z fikrini aniq ifodalash ko‘nikmalarini ham namoyon etdilar.