BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA "XALQARO YUK VA YO‘LOVCHI TASHISH" MAVZUSIDA MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA "XALQARO YUK VA YO‘LOVCHI TASHISH" MAVZUSIDA MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI

    BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA "XALQARO YUK VA YO‘LOVCHI TASHISH" MAVZUSIDA MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI

    BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA "XALQARO YUK VA YO‘LOVCHI TASHISH" MAVZUSIDA MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI

    Joriy yilning 29-oktabr kuni "Xalqaro xususiy huquq" fanini o‘qitish doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professori Imomova Dilfuza taklif etilgan mutaxassis sifatida ishtirok etib, Toshkent davlat yuridik universitetining 4-bosqich talabalari uchun "Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish" mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.

    Mahorat darsi davomida Imamova Dilfuza xalqaro yuk, yo‘lovchi va bagaj tashuvlarini xalqaro-huquqiy va kollizion tartibga solishning asosiy masalalarini ochib berdi. Turli transport turlarida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda yuk, yo‘lovchi va bagajni tashishda yuzaga keladigan dolzarb muammolar va nizolar o‘z yuridik amaliyotidan olingan misollar asosida ko‘rib chiqildi.

    Talabalar real huquqiy vaziyatlar va amaliy keyslarni tahlil qilish orqali nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldilar. Ta’lim oluvchilar mahorat darsi mavzusiga katta qiziqish bildirishdi, bahs-munozaralarda faol ishtirok etishdi va turli transport turlarida yuklar, yo‘lovchilar va bagajlarni xalqaro tashish sohasida xalqaro xususiy huquq normalarini amalda qo‘llashga oid savollar berishdi. Barcha savollarga mazmunli va asosli javoblar berildi.

    Mahorat darsining o‘tkazilishi 16-maqsad "Tinchlik, odil sudlov va samarali institutlar," xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash va odil sudlovdan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan 16.3-vazifani amalga oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro tashishlarni xalqaro-huquqiy va kollizion tartibga solish masalalarini o‘rganish bo‘lajak huquqshunoslarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga va ularning xalqaro transport munosabatlari ishtirokchilarini huquqiy himoya qilish mexanizmlari haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirishga yordam beradi.

    Tadbir, shuningdek, "Barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik" 17-maqsadi, xususan, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutuvchi 17.6-vazifa bilan bog‘liq. Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik va kasbiy tajriba almashish amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va yuridik ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

    Mahorat darsi ta’lim jarayonini takomillashtirish, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida universitet hamjamiyati va yuridik amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shdi.