JIDU talabasi Markaziy Osiyo xavfsizlik dinamikasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

JIDU talabasi Markaziy Osiyo xavfsizlik dinamikasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU talabasi Markaziy Osiyo xavfsizlik dinamikasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU talabasi Markaziy Osiyo xavfsizlik dinamikasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    Joriy yilning 27–28-noyabr kunlari Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ubaydullo Xujabekov Olmaotada bo‘lib o‘tgan “O‘zgarayotgan dunyoda Markaziy Osiyo: tinchlik, xavfsizlik va mojarolar dinamikasi” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Tadbir Qozog‘iston-Nemis Universitetining Tadqiqot va Magistratura Markazi hamda Konrad Adenauer Fondining Qozog‘istondagi vakolatxonasi (Astana) hamkorligida tashkil etildi.

    U. Xujabekov “Markaziy Osiyoda migratsiya, mahalliy boshqaruv va inson xavfsizligi” panelining faol spikerlaridan biri bo‘lib, “Rossiyada o‘zbek mehnat migrantlarini yollash: targ‘ibot usullari va mexanizmlari” mavzusidagi tadqiqotini taqdim etdi.

    Taqdimot Markaziy Osiyolik mehnat migrantlari duch kelayotgan murakkab muammolar, xususan ularning Ukrainadagi urushga jalb qilinishi masalalarini yoritdi. Sessiyada keltirilgan asosiy xulosalar quyidagilar:

    ·      Markaziy Osiyodagi mavjud qonunchilik va huquqni muhofaza qilish choralari muhim bo‘lsa-da, ular yakka holda yetarli emas. Chet el qurolli mojarolariga jalb qilinishining oldini olish uchun keng qamrovli mafkuraviy, ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlari bilan to‘ldirilishi lozim;

    ·      Noqonuniy mehnat migratsiyasi – yollashning asosiy omillaridan biri bo‘lib, u ayniqsa ijtimoiy jihatdan zaif yoshlar orasidagi past huquqiy savodxonlik bilan kuchaymoqda;

    · Ukraina mojarosining kelajakdagi yumshashi xavflarni kamaytirishi mumkin, biroq hozirning o‘zida noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun shoshilinch chora-tadbirlar zarur;

    ·  Deportatsiya xavfining doimiyligi migrantlarga nisbatan kuchli bosim vositasi bo‘lib, ayrimlarini Rossiyaning siyosiy va madaniy makoniga bog‘lanishga majbur qilmoqda.

    Mazkur taqdimot ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu esa Markaziy Osiyo migrantlarini ekspluatatsiya va chet el mojarolariga jalb etilishidan himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro darajadagi muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar zarurligini yana bir bor tasdiqladi.