JIDUda rektor va faol talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

JIDUda rektor va faol talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

    JIDUda rektor va faol talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

    JIDUda rektor va faol talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 2-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev boshchiligida universitet rahbariyati va faol talabalar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

    Uchrashuvning asosiy maqsadi universitet rahbariyati va talaba-yoshlar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlash, talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda universitet hayotiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

    Tadbir davomida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Oydin Mannopova avvalgi rektor va talabalar uchrashuvida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

    Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan universitet rahbariyatiga bevosita murojaat qilib, ta’lim jarayoni, talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, universitet hayotini yanada takomillashtirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

    Shuningdek, uchrashuvda talabalarning universitet hayotidagi ishtirokini faollashtirish, ularning yetakchilik va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan izchil ish olib borish hamda universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasidagi ochiq muloqotni muntazam davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

    Mazkur uchrashuv JIDUda talaba-yoshlarning fikr va tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilayotgani, ularning universitet rivojidagi faol ishtirokini ta’minlash hamda rahbariyat bilan samarali muloqotni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning davomidir.