JIDU professori Xalqaro ilm-fan kuni doirasida bir nechta nufuzli tadbirlarda ma’ruza qildi

JIDU professori Xalqaro ilm-fan kuni doirasida bir nechta nufuzli tadbirlarda ma’ruza qildi

    JIDU professori Xalqaro ilm-fan kuni doirasida bir nechta nufuzli tadbirlarda ma’ruza qildi

    JIDU professori Xalqaro ilm-fan kuni doirasida bir nechta nufuzli tadbirlarda ma’ruza qildi

    11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekistonda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy tadbirlarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, “Olima” ayollar uyushmasi raisi E’tibor Sultonova faol ishtirok etdi. Professor E.Sultonova bir nechta nufuzli ilmiy maydonlarda ma’ruza qilib, o‘zbek olima ayollarining xalqaro va milliy ilmiy hamjamiyatdagi yetakchi o‘rnini namoyon etdi.

    Jumladan, O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasida tashkil etilgan davra suhbatida professor E’tibor Sultonova “Yangi O‘zbekistonda olima ayollarning davlat strategiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘zbekistonning so‘nggi yillarda ilm-fan va gender tenglik siyosatida erishgan yutuqlari, davlat dasturlarida ayol olimlarning o‘rni hamda ularning strategik tashabbuslari tahlil qilindi.

    Bundan tashqari, professor E.Sultonova Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetida bo‘lib o‘tgan “Gender tenglik madaniyatini rivojlantirish: oilaviy qadriyatlar, ta’lim siyosati va ijtimoiy ong transformatsiyasi” nomli VI xalqaro konferensiyada ham ma’ruza bilan qatnashdi. Ushbu nufuzli anjumanda professor tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar xalqaro miqyosdagi mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

    Shuningdek,  E’tibor Sultonova Renessans universitetida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning o‘rni: innovatsiya, ta’lim va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda bosh ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, gender tenglik madaniyatini shakllantirishda me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ahamiyati, shuningdek, o‘zining hayotiy va ilmiy tajribasi asosida muhim fikr-mulohazalarini bildirdi.