
BRM 1 va BRM 10: kafedra o‘qituvchilari “Yangi Avayxon” mahallasidagi ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berdi
BRM 1 va BRM 10: kafedra o‘qituvchilari “Yangi Avayxon” mahallasidagi ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2026-yil 5-fevral kuni “Yangi Avayxon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalladagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ish rejasi tuzildi va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tashabbus davomi sifatida 16-mart kuni kafedra o‘qituvchilari o‘zaro mablag‘ yig‘ib, mahallada ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida turgan xonadonlarga tashrif buyurdi va ularga moddiy yordam ko‘rsatdi.
Ushbu xayriya tadbirlari Barqaror rivojlanish maqsadlarining 1-maqsadi – “Kambag‘allikka barham berish” va 10-maqsadi – “Tengsizlikni qisqartirish” bilan hamohang bo‘lib, universitet jamoasining ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etadi.




