
BRM 4 – Sifatli ta’lim: Talabalar uyida “O‘zbekiston matematiklari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
BRM 4 – Sifatli ta’lim: Talabalar uyida “O‘zbekiston matematiklari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025-yil 17-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar uyida Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “O‘zbekiston matematiklari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirdan maqsad talabalarni milliy matematika maktabi an’analari, zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari va yetuk olimlarning ilmiy merosi bilan tanishtirish, ularda fanga qiziqishni oshirish edi.
M. Esonturdiyev O‘zbekiston matematika maktabining shakllanishi, ilmiy an’analar va ustoz-shogird maktabining ahamiyati, matematikaning muhandislik, iqtisodiyot va axborot texnologiyalarida qo‘llanilishi haqida so‘zladi. A. Buriyev zamonaviy matematikaning dolzarb yo‘nalishlari – differensial tenglamalar, matematik modellashtirish va sonli usullar haqida gapirib, yoshlarni xalqaro ilmiy anjumanlar va jurnallarda faol ishtirok etishga undadi.
D. Xasanova Umar Xayyomning kubik tenglamalarni yechishga qo‘shgan hissasi va bunday tenglamalarning bugungi iqtisodiyotdagi miqdoriy usullarda qo‘llanilishi, ayol matematiklarning fan rivojidagi o‘rni hamda matematikani o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari haqida fikr bildirdi.
Davra suhbati yakunida talabalarning savollariga javob berildi.




