
BRM 4 – Sifatli ta’lim: JIDU talabalari respublika va xalqaro matematika olimpiadalarida faol ishtirok etmoqda
BRM 4 – Sifatli ta’lim: JIDU talabalari respublika va xalqaro matematika olimpiadalarida faol ishtirok etmoqda

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari oliy ta’lim muassasalari bakalavriat talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Qori Niyoziy izdoshlari” respublika matematika olimpiadasida faol ishtirok etdi. 2025-yil 23-noyabr kuni onlayn test shaklida o‘tkazilgan birinchi saralash bosqichida 33 nafar JIDU talabasi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatib, yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi. Yakuniy bosqichda ham talabalar yuqori natijalarga erishdi.
Talabalar olimpiadaga Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi katta o‘qituvchilari Shodmon Turdiyev va Muhammadjon Subhonov rahbarligida tayyorlandi.
Shuningdek, 2026-yilda JIDU jamoasi ITMO universiteti (Sankt-Peterburg) tomonidan tashkil etilgan 12-Xalqaro Shimoliy mamlakatlar universitetlari matematika musobaqasida (NCUMC) onlayn formatda ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyish etdi.
Bu musobaqalar talabalarda analitik fikrlash, murakkab masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda muhim tajriba maydoni bo‘lmoqda.




