
JIDU talabalari xalqaro MOOT COURT tanlovida “Eng yaxshi xalqaro jamoa” deb topildi
JIDU talabalari xalqaro MOOT COURT tanlovida “Eng yaxshi xalqaro jamoa” deb topildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faxr bilan ma’lum qiladiki, Xalqaro huquq fakultetining 3-bosqich talabalari N.J.Y. Memorial International Moot Court Competition 2026 xalqaro tanlovida yuqori muvaffaqiyatga erishib, sovrinli o‘rinni egalladi hamda “Best International Team” (“Eng yaxshi xalqaro jamoa”) faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Nufuzli tanlov ICFAI University huzuridagi ICFAI Law School Moot Court Committee tomonidan tashkil etilib, 2026-yil 7–8-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.
Jamoa tarkibi Sarvinoz Kazimova, Samira Xudjamova va Mushtariy Asadovalardan tashkil topdi. Talabalarni tanlovga tayyorlash jarayoni fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi o‘qituvchisi Solixa Abduraximova rahbarligida amalga oshirildi.
Tanlov davomida talabalar yuqori darajadagi professionallik, mas’uliyat hamda xalqaro huquq sohasidagi chuqur bilimlarini namoyon etdilar. Dunyoning 30 mamlakatidan ishtirok etgan jamoalar bilan bellashar ekanlar, ular huquqiy tahlil va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini yuksak darajada namoyish etib, faxrli birinchi o’rinni egallashga hamda “Eng yaxshi xalqaro jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldilar.




