BRM 4 – Sifatli ta’lim: xalqaro matematika olimpiadalari g‘oliblari televideniyeda va universitet rahbariyati tomonidan e’tirof etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining xalqaro matematika olimpiadalaridagi yutuqlari keng e’tirof etilmoqda. 2026-yil 6-aprel kuni “Renessans TV” telekanalining xalqaro fan olimpiadalarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan “Renessans minbari” ko‘rsatuvida Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi katta o‘qituvchilari Shodmon Turdiyev va Muhammadjon Subhonov hamda OMOUS-2026 va RUDN Math Olymp 2025 olimpiadalari g‘oliblari – Maqsadbek Egamberdiyev, Yusufjon Ortiqov va Behruzbek Erkinov ishtirok etdi.

    2026-yil 30-aprel kuni Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 3-kurs talabalari uchun “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupjanov, rektor maslahatchisi A. Turdimatov va fakultet dekani E. Abdullayev ishtirok etdi.

    Uchrashuvning eng hayajonli qismi Ashxobodda (Turkmaniston) bo‘lib o‘tgan VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi (OMOUS-2026) g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. To‘rt nafar talaba oltin, ikki nafar talaba kumush medal sohibi sifatida taqdirlandi. Talabalarni tayyorlagan ilmiy rahbar, katta o‘qituvchi Shodmon Turdiyev ham universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi.

    Bu yutuqlar JIDUda nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki fundamental fanlar bo‘yicha ham kuchli maktab shakllanganini ko‘rsatadi.