Do‘stlik ko‘prigi: JIDU talabalari Toshkentdagi hind tili bayramida ishtirok etdi

    2026-yil 31-oktyabr kuni “Turkiston” san’at saroyida Hindistonning asosiy milliy chiroqlar bayrami — “Diwali-2026”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Madaniy dasturda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” hamda “Xalqaro huquq” fakultetlarida o‘qituvchi Bernara Mansurovna Giyazova rahbarligida hind tilini o‘rganayotgan 3- va 4-bosqich talabalari faol ishtirok etdi.

    JIDU talabalari yuksak sahna mahorati, til bilimi hamda Hindiston an’analariga bo‘lgan hurmatini namoyish etdi. Yosh diplomatlarning chiqishlari yuqori baholanib, mehmonlarning samimiy e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bunday tadbirlarda ishtirok etish talabalarga tili o‘rganilayotgan mamlakatning qadriyatlari va merosi bilan yanada yaqinroq tanishish imkonini beradi.

    Mazkur tadbir madaniy diplomatiya ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning samarali vositasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.