“Bank faoliyatini huquqiy tartibga solish” mavzusida mahorat darsi o'tkazildi

“Bank faoliyatini huquqiy tartibga solish” mavzusida mahorat darsi o'tkazildi

    “Bank faoliyatini huquqiy tartibga solish” mavzusida mahorat darsi o'tkazildi

    “Bank faoliyatini huquqiy tartibga solish” mavzusida mahorat darsi o'tkazildi

    2026-yil 31-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Moliya va soliq huquqi” fanidan “Bank faoliyatini huquqiy tartibga solish” mavzusida Xalqaro-huquqiy va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N. B. Uzakbayeva rahbarligida mahorat darsi o'tkazildi. Mahorat darsining spikeri – “Ipoteka-bank” ATIB Umumiy huquqiy qo'llab-quvvatlash departamenti katta yuriskonsulti Jalol Qahramonovich Imamov bo‘ldi.

    Mahorat darsi doirasida banklar faoliyati, bank faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va bank siri institutining huquqiy asoslari o‘rganildi. Talabalarga bank tizimida qo‘llaniladigan huquqiy mexanizmlar va bank mijozlarining huquqlarini himoya qilish tartibi tushuntirildi.

    Shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo'lgan moliyaviy firibgarlik holatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bank kartasidan mablag‘lar o‘g‘irlanganda yoki fuqaro nomiga uning roziligisiz kredit rasmiylashtirilganda bank qanday yo‘l tutishi, shuningdek, bankning davlat organlari bilan hamkorlik qilish tartibi amaliy misollar asosida yoritildi.

    Ishtirokchilar amaliyotchi mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, bank amaliyotidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashish sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo'ldilar.

    Ushbu tadbir bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda talabalarning moliya huquqi va moliyaviy xavfsizlik sohasidagi bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

    Shu bilan birga, o'tkazilgan tadbir Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bilan bevosita bog'liq, xususan: talabalarda bank huquqi sohasida zamonaviy bilim va amaliy kompetensiyalarni shakllantirish orqali sifatli ta'limni ta'minlash (4-BRM); moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank xizmatlaridan xavfsiz foydalanishni o'rgatish orqali moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish (8-BRM); moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashish hamda bank va davlat organlari hamkorligini mustahkamlash orqali tinchlik, odil sudlov va samarali institutlarni mustahkamlashga ko'maklashish (16-BRM); shuningdek, oliy ta'lim muassasasi va bank sektori o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish (17-BRM).

    Natijada, o‘tkazilgan tadbir aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish amaliyotini takomillashtirish, shuningdek, ta'lim va bank amaliyoti o'rtasidagi aloqani mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.