JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Buxoro shahriga ma’rifiy tashrif buyurdi

JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Buxoro shahriga ma’rifiy tashrif buyurdi

    JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Buxoro shahriga ma’rifiy tashrif buyurdi

    JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Buxoro shahriga ma’rifiy tashrif buyurdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro munosabatlar" fakulteti talabalari uchun qadimiy va betakror Buxoro shahriga ma’rifiy-tanishuv tashrifi tashkil etildi.

    Mazkur tashrifdan asosiy maqsad talabalarning tarixiy va madaniy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlarimiz va boy tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshirish, shuningdek, yosh avlodda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotiraga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.

    Tashrif davomida talabalar Buxoroning ko‘p asrlik tarixidan hikoya qiluvchi me’moriy obidalar, tarixiy yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, shaharning boy madaniy merosi, o‘ziga xos me’morchilik an’analari hamda xalqimizning milliy urf-odatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

    Ayniqsa, Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi, Buyuk ipak yo‘li tarixidagi o‘rni hamda xalqaro madaniy aloqalar taraqqiyotidagi ahamiyati talabalar uchun alohida qiziqish uyg‘otdi.
    Bunday ma’rifiy safarlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, nazariy bilimlarini hayotiy taassurotlar bilan boyitish hamda kelajakdagi xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari sifatida tarixiy va madaniy merosni chuqur anglashlariga xizmat qiladi.

    JIDU talabalari uchun tashkil etilgan mazkur tashrif nafaqat unutilmas taassurotlar, balki yangi bilim va ma’naviy tajribalar manbai bo‘ldi.