
«AQSHning zamonaviy siyosati: harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar va usullar» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
«AQSHning zamonaviy siyosati: harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar va usullar» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 28-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro munosabatlar fakultetining to‘rtinchi bosqich talabalari uchun «AQSH tashqi siyosati» fani doirasida «AQSHning zamonaviy siyosati: harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar va usullar» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy ma’ruzachisi sifatida tarix fanlari doktori, Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, «Sankt-Peterburg davlat universiteti axborotnomasi. Xalqaro munosabatlar» jurnalining bosh muharriri Yuriy Germanovich Akimov ishtirok etdi.
Mahorat darsi davomida professor Y.G. Akimov mazmunli ma’ruza bilan chiqib, AQSH zamonaviy tashqi siyosatining harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va usullarini batafsil yoritib berdi. Ma’ruzada AQSH tashqi siyosiy yo‘nalishining shakllanish xususiyatlari, xalqaro munosabatlar tizimi transformatsiyasi hamda xalqaro maydonda o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tish sharoitida mamlakat strategiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular muhokama davomida faol savollar berib, dolzarb muammolarni ko‘tardilar. Ayniqsa, AQSH tashqi siyosatining joriy dinamikasi yuzasidan bildirilgan baholar hamda dunyoning turli mintaqalaridagi inqirozli vaziyatlarning keyingi rivojlanishiga oid prognozlar alohida qiziqish uyg‘otdi.




