JIDUda talaba qizlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

JIDUda talaba qizlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

    JIDUda talaba qizlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

    JIDUda talaba qizlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

    2026-yil 26-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba qizlarning shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish, xalqaro ta’lim va grant imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda universitet muhitiga ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

    Seminar-trening “Xalqaro grantlar sari yo‘l: shaxsiy rivojlanish, yangi imkoniyatlar va universitet muhitiga ijtimoiy-psixologik moslashuv” mavzusida tashkil etilib, Universitet psixologi N. Norova, Besh muhim tashabbus markazi, hamda Yoshlar ittifoqi qizlar koordinatori hamkorligida amalga oshirildi.

    Mashg‘ulot davomida talaba qizlarning zamonaviy ta’lim va rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xalqaro grant va ta’lim dasturlarini izlash hamda ulardan foydalanish, aniq maqsadlar belgilash, shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarini rejalashtirish, tashabbuskorlik va yetakchilik salohiyatini namoyon etish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, universitet muhitida samarali muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jamoaviy faoliyatda faol ishtirok etish, psixologik barqarorlikni mustahkamlash, o‘ziga ishonchni rivojlantirish hamda shaxsiy imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashga qaratilgan interaktiv psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

    Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining kuchli jihatlarini aniqlash, mavjud resurs va imkoniyatlarini tahlil qilish, qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini belgilash hamda kelgusidagi shaxsiy va akademik rivojlanish yo‘nalishlarini rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Seminar-treningning asosiy mazmuni talaba qizlarda imkoniyatlarni anglash, maqsadni aniq belgilash va izchil harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

    Mazkur tashabbus talaba qizlarning ta’lim va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlaridan faol foydalanishi, universitet hayotidagi ishtirokini kuchaytirishi, ijtimoiy-psixologik kompetensiyalarini rivojlantirishi hamda kelgusidagi akademik va professional faoliyatiga tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.