
“Xitoy Xalq Respublikasining siyosiy tizimi” mavzusida akademik mahorat darsi o‘tkazildi
“Xitoy Xalq Respublikasining siyosiy tizimi” mavzusida akademik mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 30-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qiyosiy siyosatshunoslik” fani doirasida Xalqaro munosabatlar fakultetining “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Xitoy Xalq Respublikasining siyosiy tizimi” mavzusida akademik mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbir Siyosatshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari N. Kushayeva va K. Davlatov ishtirokida tashkil etilib, ularning tashabbusi bilan Xitoy bo‘yicha ekspert, tarix fanlari doktori Abdulaxad Xo‘jayev taklif etildi.
Tadbirni siyosiy fanlar doktori G.S. Djumayeva kirish so‘zi bilan ochib, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi transformatsiyasi sharoitida Xitoy yo‘nalishini o‘rganishning dolzarbligini ta’kidladi.
Mahorat darsi davomida A. Xo‘jayev Xitoy siyosiy tizimining asosiy jihatlari, uning tarixiy shakllanishi hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari haqida ma’lumot berib, talabalarning savollariga javob berdi.
Mazkur tadbir talabalarning kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda universitetning ekspert hamjamiyati bilan hamkorligini mustahkamlashga xizmat qildi.




