JIDUda Raqamli texnologiyalar vazirining raqamli diplomatiya va to‘rtinchi sanoat inqilobiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 24-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatovning “The Fourth Industrial Revolution and Digital Diplomacy” (“To‘rtinchi sanoat inqilobi va raqamli diplomatiya”) mavzusidagi ma’ruzasi tashkil etildi.

    Ma’ruza davomida sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarning jamiyat hayoti, davlat boshqaruvi, iqtisodiy taraqqiyot hamda xalqaro diplomatik munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonlarining global rivojlanish tendensiyalariga ta’siri va diplomatiya sohasida yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

    Vazir o‘z ma’ruzasida amaliy misollar orqali raqamli texnologiyalarning turli sohalarda qo‘llanilishi, sun’iy intellektning imkoniyatlari hamda raqamlashtirish jarayonlarining istiqbollari haqida fikr yuritdi.

    Uchrashuv talabalarning raqamli texnologiyalar va xalqaro munosabatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqidagi bilimlarini boyitish, zamonaviy diplomatiyaning rivojlanish tendensiyalarini chuqurroq anglash hamda kelajak kasbiy faoliyatida raqamli kompetensiyalarning ahamiyatini tushunishiga xizmat qildi.