JIDUga Bourse & Bazaar Foundation asoschisi Esfandiyar Batmangelij tashrif buyurdi

JIDUga Bourse & Bazaar Foundation asoschisi Esfandiyar Batmangelij tashrif buyurdi

    JIDUga Bourse & Bazaar Foundation asoschisi Esfandiyar Batmangelij tashrif buyurdi

    JIDUga Bourse & Bazaar Foundation asoschisi Esfandiyar Batmangelij tashrif buyurdi

    2025-yil 18-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Bourse & Bazaar Foundation asoschisi va bosh direktori, shuningdek, Jons Xopkins universiteti huzuridagi Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar maktabi (SAIS) Bolonya markazi professori Esfandiar Batmangelijning mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

    Professor talabalar bilan uchrashuvi doirasida “Sanksiyalarning Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanishiga bilvosita ta’sirini baholash” mavzusida nutq so‘zladi.

    Avvaliga professor Richard Nefyu ta’limoti va uning “Sanksiyalar san’ati” nomli asari asosida sanksiyalar nima ekanligi, ularning turlari va qanday sabablarga ko‘ra joriy etilishini tushuntirib berdi. U Iroq, Eron va Rossiya misolida sanksiyalar amalda qanday qo‘llanilayotgani va ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.

    Undan so‘ng professor AQShning moliyaviy kuchi, uning shakllanish sabablari, xalqaro bank tizimi va SWIFT tizimining o‘rni va faoliyati haqida so‘z yurutdi.

    Ma’ruzaning yakuniy qismida sanksiyalar Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani, shuningdek, mintaqa davlatlari dunyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashishi va ularga javob berish uchun qanday choralar ko‘rayotgani ko‘rib chiqildi.

    Esfandiar Batmangelij o‘z ma’ruzasi yakunida zamonaviy sharoitda diplomatiya va jahon iqtisodiyotini bir butunlikda ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi: “Biz iqtisodiy diplomatiya va iqtisodiy urush davrida yashayapmiz. Bugungi dunyo noaniqligiga qaramay, O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun rivojlanishning yangi imkoniyatlari ochilmoqda”.

    Talabalar mavzuga katta qiziqish bildirishdi va professorga savollar bilan yuzlanishdi. Sanksiyalarning investitsiya muhitiga ta’siri, xalqaro savdo, moliyaviy barqarorlik va mintaqaviy iqtisodiyotlarning tashqi bosimga moslashish yo‘llari kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Talabalar ma’ruza qiziqarli va mazmunli o‘tganini ta’kidladilar.