JIDUda “Ikki buyuk siymo adabiy merosi” shiori ostida “Navoiy va Boburni bilasizmi?” nomli fakultetlararo bellashuv o‘tkazildi

JIDUda “Ikki buyuk siymo adabiy merosi” shiori ostida “Navoiy va Boburni bilasizmi?” nomli fakultetlararo bellashuv o‘tkazildi

    JIDUda “Ikki buyuk siymo adabiy merosi” shiori ostida “Navoiy va Boburni bilasizmi?” nomli fakultetlararo bellashuv o‘tkazildi

    JIDUda “Ikki buyuk siymo adabiy merosi” shiori ostida “Navoiy va Boburni bilasizmi?” nomli fakultetlararo bellashuv o‘tkazildi

    So‘z mulkining sultoni, mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

    Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan universitetda “Ikki buyuk siymo adabiy merosi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy oylik tashkil etildi, ushbu oylik davomida bir qator tanlov va tadbirlar, ilmiy maqolalar hamda “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida diplomatiyaga oid qarashlar” mavzularida esselar tanlovi, “Nazm bo‘stonida” mavzusida “Eng faol g‘azalxon” bellashuvi o‘tkazildi.

    2026-yil 11-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida professor-o‘qituvchilar, talabalar, JIDU akademik litseyi hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanining “Olmachi”, “Yangi Olmachi”, “Elobod” MFY faollari hamda yoshlari ishtirokida “Ikki buyuk siymo adabiy merosi” shiori ostida adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda talabalar “Navoiy va Boburni bilasizmi?” mavzusida o‘zaro bellashdilar. Bellashuvining kirish qismida “Ikki buyuk siymo adabiy merosi” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy oylik doirasida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar O‘zbek va rus tillari kafedrasi mudiri Mehribon Abduraxmanova va Yoshlar ishlari ofisi bosh mutaxassisi Sayyora Tillaxodjayeva tomonidan diplom va esdalik sovg ‘alar bilan taqdirlandilar.

    “O‘zbek mumtoz adabiyoti – millat ma’naviy xazinasi”, “Navoiy va Bobur ijodida insonparvarlik g‘oyalari” kabi dolzarb mavzularda yozilgan esselar tanlovida ijodiy yondashuvi bilan ajralib turgani uchun XM fakulteti, 2-kurs talabasi Shoimov Quvonchbek 1-darajali diplom bilan, XIM fakulteti,1-kurs talabasi Sattorova Shahrinoz 2-darajali diplom bilan, XIM fakulteti,1-kurs talabasi Ergashev Botirjon 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

    “Eng faol g‘azalxon” she’riy bellashuvida XM fakulteti, 1-kurs talabasi Abdubasirov Mashhurbek, XM fakulteti, 1-kurs talabasi Narkulova Malika, JIDU qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Izzatova Malika g‘olib deb topildi.

    Tadbir keyingi qismi – fakultetlararo bellashuvida talabalar buyuk ajdodlarimiz merosini qay darajada bilishlarini hamda ijodiy salohiyatlarini namoyish etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv “Adolat”, “Navoiy va Bobur vorislari”, “Ikki daho avlodi” va “Tafakkur” jamoalarining o ‘zlarini tanishtiruvi  bilan  boshlandi.

    Tanishitiruvdan so‘ng jamoalar g‘azal-u ruboiylar bilimdoni ekanliklarini namoyish etib, Navoiy va Bobur she’riyatidan namunlar keltirib, bahri bayt shartini bajardilar. Hakamlar hay’ati bahri bayt shartini baholagunlariga qadar tomoshabinlar bilan mumtoz adabiyotning topishmoq janri – chiston mavzusida viktorina o‘tkazildi. Jamoalar tomonidan tayyorlangan, Hazrat Navoiyning yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiruvchi hamda Vatan sog‘inchi tufayli iztirob chekkan Bobur siymosini yorituvchi sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

    Sahna ko‘rinishlaridan so‘ng “Navoiy va Bobur ijodi bilimdonlari” sharti asosnosida har bir jamoaning buyuk siymolarimiz hayoti, ijodi va tarixiy merosini qay darajada bilishi sinovdan o‘tkazildi. Ushbu shartga ko‘ra, jamoalar Navoiy va Boburning hayoti, ijodi, asarlari hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan bog‘liq 5 tadan savolga javob berdilar.

    Tadbir yakunida so‘zga chiqqan hakamlar hay’ati a’zolari bu kabi bellashuvlar talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. Shundan so‘ng ishtirokchilarning yakuniy natijalari e’lon qilinib, Xalqaro munosabatlar fakultetining “Adolat” jamoasi g‘olib  deb topildi.

    Tadbir bayramona ruhda, xush kayfiyatda o‘tdi.