JIDU va Firat universiteti o‘rtasida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    2026 yil 20-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Turkiya Respublikasining Firat universiteti delegatsiyasi bilan taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

    Uchrashuvda Firat universiteti Uzluksiz taʼlim markazi direktori, Prof. Dok. İlyas Somunkıran boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari - Dots. Mexmet O’zeren; Dok. Semix Dikmen; Mustafa Beken, shuningdek, JIDU Yevropa va turkiy tillar kafedrasi mudiri Vasila Mamatkasimova, Xalqaro aloqalar boʼlimi yetakchi mutaxassisi Fotima Mirakilova hamda turk tili o‘qituvchisi Xolida Imomova ishtirok etdi.

    Muloqot davomida Firat universitetining taʼlim tizimi, Uzluksiz taʼlim markazi faoliyati, mavjud akademik imkoniyatlari va taʼlim sohasida toʼplangan tajribasi haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida tajriba almashish, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida universitetlar oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish taʼlim va ilm-fan sohalarida tajriba almashish, akademik imkoniyatlarni kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

    Mazkur muloqot Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlari bilan hamohangdir.