JIDU o‘qituvchisi O‘zbekiston taraqqiyotining yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruza qildi

JIDU o‘qituvchisi O‘zbekiston taraqqiyotining yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruza qildi

    JIDU o‘qituvchisi O‘zbekiston taraqqiyotining yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruza qildi

    JIDU o‘qituvchisi O‘zbekiston taraqqiyotining yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruza qildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi Javlon Abdurasulov Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yangi Avayxon” mahallasida joylashgan 272-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.

    Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqida belgilab berilgan yettita ustuvor yo‘nalish, ularning mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotidagi ahamiyati muhokama qilindi.

    Javlon Abdurasulov o‘z ma’ruzasida bilim va malakani mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dasturga alohida to‘xtalib, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratish muhimligini ta’kidladi.

    Ma’ruza davomida zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalar mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish hamda yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashida muhim omil ekani qayd etildi. Shuningdek, yoshlarni mustaqil va tanqidiy fikrlashga, doimiy izlanishga, zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘zlashtirishga hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, bilimli, malakali va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash, shuningdek, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish masalalari yuzasidan fikr almashildi.