JIDUda “Islomda meros huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda “Islomda meros huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Islomda meros huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Islomda meros huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 4-noyabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Saidafzal Saidjalolov tomonidan “Islomda meros huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

    Ma’ruza mashg‘ulotining maqsadi – talabalarda islomiy huquq tizimining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lgan meros (faroiz) huquqining mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari va amaliy ahamiyati to‘g‘risida chuqur bilim va tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

    Mashg‘ulot davomida islom huquqi manbalari asosida “meros” va “faroiz” tushunchalari, ularning fiqh ilmidagi o‘rni va shar’iy asoslari tahlil qilindi. Mutaxassis tomonidan talabalarga meros huquqining ruknlari (meros qoldiruvchi, merosxo‘r, meros bo‘luvchi mol-mulk), merosning amal qilish shartlari hamda meros olish sabablarining (nasab, nikoh, valo) huquqiy mazmuni ilmiy asosda izohlab berildi.

    Ma’ruza jarayonida talabalarning mavzu bo‘yicha tahliliy fikrlash, huquqiy me’yorlarni sharhlash va amaliy holatlarga tatbiq etish ko‘nikmalari mustahkamlandi. Dars yakunida islomda meros tizimining zamonaviy huquqiy amaliyot bilan uzviy aloqasi, shuningdek, ijtimoiy barqarorlik va adolatni ta’minlashdagi roli haqida umumiy xulosalar chiqarildi.

    Mazkur mashg‘ulotning o‘tkazilishi talabalarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish, islom huquqi manbalarini ilmiy tahlil qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda huquqiy madaniyatni mustahkamlashga xizmat qiladi.