
JIDU talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
JIDU talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar

2026-yil 23-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabalari «Dinshunoslik» fani doirasida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif fan o‘qituvchilari Sobirjonova Moxlaroy va Nigina Qushayeva boshchiligida tashkil etildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning islom sivilizatsiyasi tarixi, Sharq mutafakkirlarining ilmiy-ma’naviy merosi hamda jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishib, islom sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishi, uning ilm-fan, falsafa, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, Sharq olimlari va mutafakkirlarining jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy qarashlari va boy merosiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashrif «Dinshunoslik» fanida o‘rganilayotgan mavzularni amaliy bilimlar bilan boyitish, talabalarning tarixiy-madaniy dunyoqarashini kengaytirish hamda islom sivilizatsiyasining jahon taraqqiyotidagi o‘rnini chuqurroq anglashlariga xizmat qildi.
| Sana: | 23.10.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 21 |
| Ulashish: |




