Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti THE Impact Rankings 2026 reytingida muvaffaqiyatli natija qayd etdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti THE Impact Rankings 2026 reytingida muvaffaqiyatli natija qayd etdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti THE Impact Rankings 2026 reytingida muvaffaqiyatli natija qayd etdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti THE Impact Rankings 2026 reytingida muvaffaqiyatli natija qayd etdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2026-yil uchun e’lon qilingan Times Higher Education (THE) Impact Rankings xalqaro reytingida ishtirok etib, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)ni amalga oshirishga qo‘shayotgan hissasi bilan xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

    Mazkur reyting reytingi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (Sustainable Development Goals – SDGs) qo‘shayotgan hissasini baholovchi xalqaro reyting hisoblanadi. Reytingda oliy ta’lim muassasalari nafaqat ta’lim va ilmiy tadqiqotlar natijalari, balki gender tengligi, ijtimoiy inklyuziya, ekologik barqarorlik, samarali boshqaruv, xalqaro hamkorlik hamda jamiyat rivojiga qaratilgan tashabbuslari asosida ham baholanadi. Mazkur reyting bugungi kunda universitetlarning barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi faoliyatini xalqaro miqyosda baholovchi eng nufuzli reytinglardan biri sifatida e’tirof etiladi.

    2026-yilgi natijalarga ko‘ra, JIDU quyidagi yo‘nalishlarda yuqori natijalarni qayd etdi:

    ·                Umumiy natija (Overall Sustainability Impact Rating): 600+

    ·                SDG 4 – Sifatli ta’lim: 600+

    ·                SDG 5 – Gender tengligi: 400+

    ·                SDG 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish: 400+

    ·                SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar: 100+

    ·                SDG 17 – Maqsadlar yo‘lida hamkorlik: 300+

    Ushbu natijalar universitetda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ta’lim sifatini oshirish, gender tengligini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar salohiyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda institutsional boshqaruvni takomillashtirish borasidagi tizimli islohotlarning amaliy samarasini namoyon etadi.

    Ayniqsa, SDG 16 – “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” yo‘nalishida erishilgan natija universitetning huquq ustuvorligi, ochiq va samarali boshqaruv, akademik halollik hamda ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi.

    JIDU o‘z faoliyatida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini universitet strategiyasi bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ta’lim, ilm-fan, xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan ishlash yo‘nalishlaridagi tashabbuslar barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kelgusida ham barqaror rivojlanish, sifatli ta’lim va xalqaro hamkorlik sohalaridagi tashabbuslarni izchil davom ettirib, global miqyosdagi ijobiy ta’sirini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.