JIDU – Campus France: Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha uchrashuv

JIDU – Campus France: Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha uchrashuv

    JIDU – Campus France: Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha uchrashuv

    JIDU – Campus France: Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha uchrashuv

         2025-yil 11-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Roman-german tillari kafedrasi hamkorligida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi “Campus France” agentligi vakili, universitetlar bilan hamkorlik bo‘yicha koordinator Alice Mot ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir fransuz tilini o‘rganayotgan hamda Fransiyada ta’lim olishga qiziqayotgan talabalar uchun tashkil etildi.

        Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Fransiyada bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish imkoniyatlari, qabul jarayonining bosqichlari, hujjatlarni onlayn topshirish tartibi, til sertifikatlari bo‘yicha talablar hamda o‘qish va turar joy xarajatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Alice Mot Fransiya hukumati va universitetlari tomonidan taqdim etiladigan grant va stipendiya dasturlari, talabalar uchun mos shahar va universitetni tanlash mezonlari, Campus France platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

         Tadbir savol-javob shaklida faol ruhda o‘tdi. Talabalar viza jarayoni, sug‘urta, talabalarning kundalik hayoti, fransuz tilini yetarli darajaga yetkazish, qo‘shimcha moliyaviy manbalar va Fransiyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdi, Campus France vakili esa ularga batafsil javoblar taqdim etdi.

           Mazkur uchrashuv BMT Barqaror rivojlanish maqsadlaridan SDG 4 – “Sifatli ta’lim” va SDG 17 – “Hamkorlikni rivojlantirish” bandlariga mos ravishda, xalqaro ta’lim mobililigi va institutlararo hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tadbir JIDUning xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini mustahkamlash, talabalarga keng qamrovli akademik va madaniy imkoniyatlar yaratish borasidagi strategik maqsadlarini amalda qo‘llab-quvvatlaydi.