Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida: “yumshoq kuch” bo‘yicha xalqaro mahorat darsi va mahallada xayriya tadbiri

Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida: “yumshoq kuch” bo‘yicha xalqaro mahorat darsi va mahallada xayriya tadbiri

    Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida: “yumshoq kuch” bo‘yicha xalqaro mahorat darsi va mahallada xayriya tadbiri

    Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida: “yumshoq kuch” bo‘yicha xalqaro mahorat darsi va mahallada xayriya tadbiri

    2025-yil 15-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbek va rus tillari kafedrasi tashabbusi bilan onlayn mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini Hankuk chet tillari universiteti professori, 2006–2008-yillarda Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lgan Dulat Xangereyevich Bakishev o‘tkazdi. Mavzu: “Yumshoq kuch” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari: til siyosati va turkiy tillarning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish masalasi”.

    Zoom platformasida o‘tkazilgan mashg‘ulotda kafedra a’zolari bilan birga universitetning boshqa professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi. Professor D.X. Bakishev “yumshoq kuch” strategiyasining mohiyati haqida so‘z yuritib, davlatlar madaniyat, ta’lim, til siyosati, iqtisodiy va gumanitar diplomatiya orqali boshqa xalqlar ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilayotganini ta’kidladi. Koreya, Fransiya va Turkiya tajribasi misolida madaniy institutlar, ta’lim dasturlari va tarixiy merosning ahamiyati yoritildi. Ma’ruzada madaniy, ta’limiy, iqtisodiy va gumanitar diplomatiya, til siyosati hamda tarixiy-madaniy merosdan foydalanish kabi yo‘nalishlar alohida ko‘rib chiqildi.

    Kafedra a’zolari mahorat darsining ilmiy-amaliy ahamiyati yuqori ekanini qayd etib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida bunday mashg‘ulotlar va ilmiy seminarlarni muntazam tashkil etishni taklif qildi.

    Shu kuni kafedra jamoasi Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “X. Abdullayev” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Volontyorlik asosida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat ijtimoiy paketlari tayyorlanib, mahalla vakillari orqali topshirildi. Shuningdek, uyushmagan yoshlar uchun kasbga yo‘naltirish bo‘yicha trening o‘tkazildi. Kafedra mudiri, dotsent M. Abduraxmanova bunday tashabbuslar jamoaning jipsligi va ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etishini ta’kidladi.