JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi

    2026-yil mart oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Sekerova tomonidan 1-kurs talabalari uchun ingliz tili darslari doirasida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

    Mashg‘ulotlarda 1-maqsad – “Kambag‘allikka barham berish” doirasida kambag‘allikning sabablari, oqibatlari va uni kamaytirish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari BRMning 12, 13, 14 va 15-maqsadlari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqildi.

    Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar taqdimotlar va loyiha ishlarini tayyorlab, o‘z xulosalarini ingliz tilida taqdim etdilar. Ushbu yondashuv talabalarning global muammolar bo‘yicha xabardorligini oshirish, tanqidiy fikrlash va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.