JIDU va Konrad Adenauer jamg‘armasi o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

JIDU va Konrad Adenauer jamg‘armasi o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    JIDU va Konrad Adenauer jamg‘armasi o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    JIDU va Konrad Adenauer jamg‘armasi o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    2026-yil 7-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi Bosh kotibi doktor Mark Shpayx boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Muloqot davomida Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar, parlament va mahalliy ozini ozi boshqarish organlarining roli tobora ortib borayotgani alohida takidlandi. Shu nuqtayi nazardan, ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish boyicha Germaniya tajribasini organish, shuningdek, davlat boshqaruvi, byudjet jarayoni, davlat siyosati va strategik rejalashtirish yonalishlarida zamonaviy kompetensiyalarga ega davlat xizmatchilari, parlament azolari hamda rahbar kadrlarni tayyorlash borasida Konrad Adenauer jamgarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga ozaro qiziqish bildirildi.

    Hamkorlikning dastlabki amaliy qadami sifatida JIDUda Lyudvig Erxard merosi hamda ijtimoiy bozor iqtisodiyoti konsepsiyasining zamonaviy rivojlanishiga bagishlangan ilmiy seminar tashkil etishga kelishib olindi.

    Shuningdek, tomonlar Yevropa parlamenti, Yevropa komissiyasi va Yevropaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuv davomida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarga bagishlangan konferensiyalarni birgalikda tashkil etish, shuningdek, qoshma ilmiy-tahliliy nashrlar tayyorlash yuzasidan ham kelishuvga erishildi.

    Uchrashuv yakunida JIDU va Konrad Adenauer jamgarmasi ortasidagi uzoq muddatli hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida Strategik sheriklik boyicha qoshma Yol xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi. Mazkur hujjatda ijroiya talimini rivojlantirish, yosh rahbarlar va davlat xizmatchilarini tayyorlash, mintaqaviy integratsiya, barqaror rivojlanish hamda davlat boshqaruvi sohalarida qoshma tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va ekspert forumlarini tashkil etish, shuningdek, Ozbekiston, Germaniya va Yevropa Ittifoqi ortasidagi akademik almashinuvlarni kengaytirish ustuvor yonalishlar sifatida belgilandi.

    Mazkur uchrashuv JIDU va Konrad Adenauer jamgarmasi ortasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda talim, ilm-fan va davlat boshqaruvi yonalishlarida xalqaro sheriklikni yanada mustahkamlash yolida muhim qadam boldi.