JIDUda “Global taraqqiyot va O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasi masalalari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Global taraqqiyot va O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasi masalalari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Global taraqqiyot va O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasi masalalari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Global taraqqiyot va O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasi masalalari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 11-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Roman-german tillari kafedrasi tomonidan “Global taraqqiyot va O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasi masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

    Anjumanning tashkil etilishiga BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan 4-BRM va 17-BRM vazifalarini amalda joriy qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonunida yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va ularni ilmiy faoliyatga jalb etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganligi asos bo‘ldi. Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish bo‘yicha Milliy strategiyasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yoshlarning barqaror rivojlanish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash maqsad qilingan.

    Anjumanda universitet rahbariyati, Toshkent sharidagi Gyote instituti direktori Barbara Anna Bernsmeier, Toshkent sharidagi Gyote instituti til bo’limi boshlig’i Dildora Mukhammadaminova, “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati direktori Yusuf Ismailov, GURES dasturi (Germaniya-O‘zbekiston munosabatlari: energetika va barqaror rivojlanish) va JIDU bilan Berlin Erkin Universiteti o‘rtasidagi barqaror rivojlanish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturining mas’uli Andrea Wayis, Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Muyassarxon Raximovna Baxriddinova va talabalar, JIDU akademik litseyda amaliyot o‘tayotgan germaniyalik Lisa Ghirardini, Germaniyadan kelgan ko‘ngilli Thore Ermscher, Chirchiq Davlat pedagogika universiteti talabalari, O’zbekiston Milliy universiteti talabalari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Roman-german tillari kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mamatkasimova Vasila Akramdjanovna, nemis tili o‘qituvchilari U.Sultonova, SH.Abduganieva, K.Istamova, G.Asatova, A.Narmatova, S.Hamroqulova hamda nemis tilini asosiy va ikinchi chet tili o’rganayotgan talabalar ishtirok etdilar.

    Anjumanning asosiy maqsadi – jahon miqyosida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlari, global iqtisodiy o‘zgarishlar va ekologik barqarorlik muammolari bo‘yicha talabalarning ilmiy qarashlarini chuqurlashtirish, shuningdek, O‘zbekistonning milliy rivojlanish strategiyasiga oid taklif va tashabbuslarni ilgari surishdan iborat bo‘ldi.

    Anjumanda barqaror rivojlanishning nazariy va amaliy jihatlarini yorituvchi, dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolar muhokama qilindi. Jumladan: O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari; iqtisodiy o‘sish va ekologik xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalalari; yashil iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi muammolar; iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq muammolar; ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va ijtimoiy adolat sohalarida barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar; Davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish masalalari; xalqaro hamkorlik va global tajribani milliy sharoitga moslashtirishdagi muammolar.

    Anjuman davomida talabalarning ilmiy ma’ruzalari tinglandi. Ular global energetika xavfsizligi, mintaqaviy integratsiya jarayonlari, iqtisodiy diplomatiya samaradorligi, ekologik boshqaruv, iqlim o‘zgarishiga moslashuv, aholining farovonligini oshirish kabi masalalarda o‘z izlanish natijalarini taqdim etdilar. Shu bilan birga taqdimotlar bo‘yicha savol-javoblar, muhokamalar va ekspertlar bilan fikr almashinuvi tashkil qilindi. Mutaxassislar taqdim etilgan ishlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berib, talabalarning izlanishlari amaliy ahamiyat kasb etishi uchun yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tdilar.

    Anjuman yakunida eng yaxshi ilmiy ishlar mualliflari sertifikatlar bilan taqdirlandi. Tadbir talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va barqaror rivojlanish sohasida yangi izlanishlar uchun motivatsiya yaratdi.

    Mazkur ilmiy-amaliy anjuman talabalar uchun global jarayonlarni chuqur tahlil qilish, milliy rivojlanish siyosatini ilmiy asoslarda o‘rganish hamda yangi g‘oyalar ilgari surish imkonini yaratdi. Tadbir universitetda ilmiy muhitni kuchaytirish va yosh tadqiqotchilar salohiyatini oshirishga xizmat qildi.