
JIDUda barqaror shaharlar mavzusida interaktiv mashg‘ulot o‘tkazildi
JIDUda barqaror shaharlar mavzusida interaktiv mashg‘ulot o‘tkazildi

2026-yil 6-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi R. Rixsiyev Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 1-kurs talabalari uchun interaktiv mashg‘ulot o‘tkazdi.
Dars davomida talabalar shahar hayotidagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni muhokama qilib, shahar hokimiyati yig‘ilishi simulyatsiyasi orqali amaliy yechimlar taklif etdilar. Mashg‘ulot ingliz tilida olib borilib, talabalarning muloqot va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Darsda BMTning 11-Barqaror rivojlanish maqsadi – “Barqaror shaharlar va aholi punktlari” ga alohida e’tibor qaratildi.
| Sana: | 06.05.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 6 |
| Ulashish: |




