JIDU TALABALARI SUD-TIBBIY EKSPERTIZA MARKAZIDA MURDANI YORISH AMALIYOTIDA ISHTIROK ETISHDI

JIDU TALABALARI SUD-TIBBIY EKSPERTIZA MARKAZIDA MURDANI YORISH AMALIYOTIDA ISHTIROK ETISHDI

    JIDU TALABALARI SUD-TIBBIY EKSPERTIZA MARKAZIDA MURDANI YORISH AMALIYOTIDA ISHTIROK ETISHDI

    JIDU TALABALARI SUD-TIBBIY EKSPERTIZA MARKAZIDA MURDANI YORISH AMALIYOTIDA ISHTIROK ETISHDI

    2026-yilning 28-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Soliyev va o’qituvchi N.Uzakbayeva tashabbuslari bilan “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari uchun Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialida ekspert va mutaxassislari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi jarayonlari, shu jumladan, murdani yorish kabi amaliy jarayonlar tashkil etildi.

    Ushbu amaliy mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsadi talabalarning sud-tibbiyot ekspertizasi haqidagi nazariy bilimlarini real amaliy faoliyat jarayonlari bilan mustahkamlash, sud-tibbiyot ekspertizasining huquq tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yanada chuqurroq anglab yetishlariga ko‘maklashishdan iborat edi.

    Amaliyot davomida talabalar sud-tibbiy ekspertiza faoliyati, shuningdek, murdani yorish, tibbiy ko‘rik o‘tkazish, dalillarni yig‘ish va tahlil qilish, ekspert xulosalarini shakllantirish kabi jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan sud-tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan tibbiy-huquqiy terminologiya, ekspertlarning jinoyat va fuqarolik ishlaridagi roli, shuningdek, ekspert xulosalarining sud qarorlarini qabul qilishdagi ishonchlilik darajasi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

    Ushbu amaliy mashg‘ulotda ishtirok etgan talabalar uchun ayniqsa sud-tibbiy ekspertizalarning qarorlari -  adolatli sudlovni ta’minlash, hamda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni yuzasidan amaliy misollar bilan ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar sud-tibbiyoti ekspertizasi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq va asoslantirilgan javoblarni olishdi.

    Ushbu amaliy mashg‘ulot “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun nafaqat yangi ko‘nikma, balki kelgusida shu sohada o‘zlarini ko‘rish imkoniyatini, kelajakda kasb yuzasida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bilan tanishish, shuningdek tibbiy-huquqiy jarayonlarni chuqur anglay oladigan mutaxassislar bo‘lib shakllanishlariga xizmat qildi.

    Mazkur amaliy mashg‘ulot Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida, xususan, SDG 16 — tinchlik, adolat va samarali institutlarni rivojlantirish hamda SDG 4 — sifatli ta’limni ta’minlash maqsadlariga xizmat qiladi. Sud-tibbiyot ekspertizasining amaliy jihatlarini o‘rganish orqali talabalar qonun ustuvorligini ta’minlash, adolatli sudlovni amalga oshirish hamda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, mazkur mashg‘ulot talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularning zamonaviy mehnat bozoriga mos malakali mutaxassis sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.