JIDU talaba-qizlari “Qizlar ibosi — millat libosi” universitetlararo ko‘rik-tanlovida sovrindor bo‘ldi

JIDU talaba-qizlari “Qizlar ibosi — millat libosi” universitetlararo ko‘rik-tanlovida sovrindor bo‘ldi

    JIDU talaba-qizlari “Qizlar ibosi — millat libosi” universitetlararo ko‘rik-tanlovida sovrindor bo‘ldi

    JIDU talaba-qizlari “Qizlar ibosi — millat libosi” universitetlararo ko‘rik-tanlovida sovrindor bo‘ldi

    2026-yil 20-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda New Uzbekistan University hamkorligida talaba-qizlar o‘rtasida “Qizlar ibosi — millat libosi” universitetlararo ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    Tanlovning asosiy maqsadi milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va keng targ‘ib etish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini rivojlantirish, milliy liboslarning betakrorligini namoyon etish, shuningdek, talaba-qizlarning pazandachilik mahorati, amaliy bilimlari, zukkoligi, topqirligi va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

    Ko‘rik-tanlov doirasida milliy liboslar madaniyati, estetik did, pazandachilikka oid bilim va ko‘nikmalar, hozirjavoblik hamda ijodiy yondashuv kabi jihatlarga e’tibor qaratildi. Tadbir talaba-qizlarning milliy merosga hurmatini mustahkamlash, hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirish va universitetlararo madaniy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

    Tanlov yakunlariga ko‘ra, JIDUning 2-bosqich talabasi Mavlonova Rayhona II o‘rinni egallab, maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi. Shuningdek, universitetning 2-bosqich talabasi Xonzodabegim Alijonova ham maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘aga sazovor bo‘ldi.
    Ushbu natijalar talaba-qizlarning bilim va mahorati, ijodiy izlanishlari hamda milliy qadriyatlarga ehtiromining munosib e’tirofidir.

    JIDUda talaba-qizlarning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, milliy merosga hurmatini mustahkamlash hamda zamonaviy hayot uchun zarur kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.