JIDU rektori Tokio universitetida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va Markaziy Osiyo–Yaponiya hamkorligi istiqbollari haqida ma’ruza qildi

    2026-yil 25-noyabr kuni Oliy Majlis senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Tokio universiteti huzuridagi Osiyo bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar institutida «O‘zgarib borayotgan Yevroosiyoda O‘zbekiston: strategik muvozanat, mintaqaviy hamkorlik va Yaponiya–Markaziy Osiyo munosabatlarining yangi istiqbollari» mavzusida maxsus ma’ruza qildi.

    Ma’ruzada global geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi o‘rni, O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosati hamda Yaponiya bilan strategik sheriklikni rivojlantirish istiqbollari yoritildi. S.Safoyev so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari mustahkamlanib, mintaqa xalqaro munosabatlarning mustaqil va faol ishtirokchisiga aylanib borayotganini ta’kidladi.

    Shuningdek, «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqot formatining ahamiyatiga to‘xtalib, ikki tomonlama hamkorlikni investitsiyalar, transport-logistika, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida yanada kengaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratdi. Ma’ruza davomida zamonaviy xalqaro munosabatlarda ekspert diplomatiyasining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Universitetlar va tahliliy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda talabalar va yosh olimlar almashinuvini kengaytirish davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli ishonchni mustahkamlashning muhim omili sifatida qayd etildi.

    Tokio universitetida o‘tkazilgan mazkur ma’ruza O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro jarayonlardagi faol ishtirokini namoyon etish, Yaponiya ilmiy jamoatchiligi bilan fikr almashish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilash uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.