
JIDUda YUNЕSKO tamoyillari asosida xalqaro hamkorlik va ilmiy faoliyatni chuqurlashtirish yo‘lida yangi bosqich
JIDUda YUNЕSKO tamoyillari asosida xalqaro hamkorlik va ilmiy faoliyatni chuqurlashtirish yo‘lida yangi bosqich

Joriy yilning 3-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida YUNЕSKO tamoyillari asosida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim, ilmiy tadqiqot va madaniyat yo‘nalishlarida yangi tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda YUNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi ilm-fan va ta’lim masalalari bo‘yicha koordinatori Kurbanova Dilnoza ishtirok etdi.
Uchrashuvda YUNЕSKO va uning UNITWIN dasturi doirasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari, jumladan, Fransiyaning Parij-1 Panteon-Sorbonna universiteti, Koreya Respublikasining APCEIU instituti, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, Bremen universiteti, Xitoy Xalqaro huquq akademiyasi va boshqa yetakchi ilmiy markazlar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida quyidagi strategik yo‘nalishlarga oid masalalar muhokama qilindi:
ü xorijiy YUNЕSKO kafedralari bilan networking mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;
ü YUNЕSKO klubini universitetlararo yoshlar klubiga aylantirish;
ü YUNЕSKO hujjatlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish;
ü PhD/DSc bosqichida YUNЕSKO mavzusiga oid ilmiy ishlarni rag‘batlantirish;
ü yillik xalqaro YUNЕSKO kafedralari sammitini JIDU mezbonligida o‘tkazish.
ü Bundan tashqari, YUNЕSKO Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda:
ü qo‘shma konferensiyalar va forumlar tashkil etish;
ü YUNЕSKO mavzusida talabalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
ü xalqaro huquq, inson huquqlari va BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga oid o‘quv modullarini ishlab chiqish;
ü xalqaro hamkorlikda qo‘llanmalar nashrini amalga oshirish;
ü “YUNЕSKO va xalqaro huquq” xalqaro jurnalini ta’sis etish;
ü multimedia mahsulotlari orqali YUNЕSKO qadriyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish;
ü yozgi maktablarni YUNЕSKO Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazish.
Loyihalarning bajarilishini monitoring qilish va yil yakunida hisobot tayyorlash belgilangan bo‘lib, har yilgi reja YUNЕSKO va universitet ustuvor yo‘nalishlari asosida yangilanishi kelishib olindi.