
JIDUda xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi hamda siyosatshunoslik bo‘yicha intellektual viktorina o‘tkazildi
JIDUda xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi hamda siyosatshunoslik bo‘yicha intellektual viktorina o‘tkazildi

2026-yil 16-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi hamda siyosatshunoslik fanlariga bag‘ishlangan o‘quv-intellektual viktorina o‘tkazildi.
Tadbirda Siyosatshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari Davlatov Kamron, Maratova Xurliman va Sobirjonova Mohlaroy ishtirok etdilar.
Viktorina savollari xalqaro munosabatlar rivojlanishining asosiy bosqichlari, muhim siyosiy nazariya va konsepsiyalar, shuningdek, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy voqealarni qamrab oldi.
Bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlari va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tadbir tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, tarixiy-siyosiy jarayonlarni chuqurroq anglash hamda tegishli fanlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.




