
JIDU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengashning yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi o‘tkazildi
JIDU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengashning yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi o‘tkazildi

2026-yil 17-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibiga Yuldashov Sodiq Oqbayevichning 12.00.02.– “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Murojaat qilish huquqining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi qo‘yildi.
Dissertatsiya ishi himoyasi davomida talabgor tomonidan ishning dolzarblilik darajasi, maqsad va vazifalari keng yoritib berildi. Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan dissertant tomonidan berilgan takliflar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilinib, DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengash tomonidan Yuldashov Sodiq Oqbayevichga yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.




