JIDUda huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan psixologik-profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

JIDUda huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan psixologik-profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

    JIDUda huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan psixologik-profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

    JIDUda huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan psixologik-profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida huquqiy ong va mas’uliyatni mustahkamlash, psixologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik-profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

    Uchrashuv “Huquqbuzarlik va giyohvandlik profilaktikasi: huquqiy ong, psixologik barqarorlik, sog‘lom turmush tarzi va mas’uliyatli tanlov” mavzusida tashkil etilib, universitet psixologi N. Norova, profilaktika inspektori Sh. Boymatov, Yoshlar ishlari ofisi, Besh muhim tashabbus markazi, koordinator I. Narqulova hamda UWED FORCE jamoasi hamkorligida o‘tkazildi.

    Uchrashuv davomida huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olish masalalari huquqiy, psixologik va ijtimoiy yondashuvlar asosida yoritildi.

    Universitet psixologi N. Norova talabalar bilan psixologik barqarorlikni saqlash, stressli va murakkab vaziyatlarda hissiyotlarni boshqarish, salbiy ijtimoiy ta’sirlarga qarshi psixologik himoya mexanizmlarini rivojlantirish hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish masalalari yuzasidan suhbat olib bordi.

    Profilaktika inspektori Sh. Boymatov huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy ong va huquqiy mas’uliyatni oshirish, shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlarning qonunchilikda belgilangan oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

    Koordinator I. Narqulova talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni foydali va ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatlarga jalb etish hamda universitetda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishning ahamiyatiga to‘xtaldi.

    Shuningdek, uchrashuv doirasida huquqbuzarlik va giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzi va mas’uliyatli tanlov mavzularini yorituvchi videorolik namoyish etildi.

    UWED FORCE jamoasi tomonidan esa jamoaviy hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, faol hayotiy pozitsiya va universitet hayotida mazmunli ishtirokning yoshlar rivojidagi ahamiyati ta’kidlandi.

    Uchrashuv yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, huquqiy, psixologik va ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

    Mazkur psixologik-profilaktik uchrashuv talabalarning huquqiy ongi va mas’uliyatini mustahkamlash, psixologik barqarorligini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarziga ijobiy munosabatini kuchaytirish hamda zararli ta’sirlarga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.