JIDU rektori Germaniya Bundestagining parlamentlararo hamkorlik guruhi vakillari bilan uchrashdi

    Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Berlin shahrida boʻlib turibdi.

    Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniya Bundestagining “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo hamkorlik guruhi vakillari bilan uchrashdi.

     Muloqotda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Germaniya parlamenti aʼzolari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati ortib borayotgani, nemis investitsiyalari hajmi va kompaniyalar faoliyati kengayayotgani, shuningdek, turistik almashinuvlar jadal oʻsib borayotganini yuqori baholadi.

    Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, suv resurslarini boshqarish, taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi doirasidagi muloqotni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

    Uchrashuv yakunida 2027–2028-yillarga moʻljallangan parlamentlararo hamkorlikning “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, kelgusi yili Germaniya Bundestagi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish va uning doirasida Orolboʻyidagi ekologik vaziyat bilan tanishish rejalashtirildi.