
JIDU vakili SHHTga a’zo davlatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro forumida ishtirok etdi
JIDU vakili SHHTga a’zo davlatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Xitoyning Urumchi shahrida “Insoniyat umumiy salomatligi hamjamiyati sari” mavzusida Xitoy-Markaziy Osiyo va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu keng ko‘lamli tadbirda SHHT va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 40 ga yaqin yetakchi ekspertlar, siyosatchilar va tadqiqotchilar, shu jumladan davlat tuzilmalari, ilmiy doiralar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar global sog‘liqni saqlashning quyidagi asosiy masalalarini muhokama qildilar:
- pandemiyalar va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash;
- sog‘liqni saqlash tizimi va raqamli tibbiyotni rivojlantirish;
- sifatli tibbiy xizmatdan barcha foydalanishini ta’minlash;
- aholi salomatligining ekologik jihatlari.
Forumda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)dan "Xalqaro iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti S.To‘rayeva ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzasida barqaror sog‘liqni saqlash tizimlarini yaratishda iqtisodiy hamkorlikning roli haqidagi ekspertlik fikrini bildirdi, shuningdek, SHHT mamlakatlari o‘rtasida ushbu sohadagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Forum sog‘liqni saqlash sohasida global xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tajriba almashish va qo‘shma yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘ldi. Uning yakunlari SHHT va Xitoy-Markaziy Osiyo sherikligi doirasidagi yangi xalqaro tashabbuslar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Sana: | 23.06.2025 |
Ko'rganlar soni: | 34 |
Ulashish: |