Germaniya Bundestagi Raisi oʻrinbosari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Germaniya Bundestagi Raisi oʻrinbosari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    Germaniya Bundestagi Raisi oʻrinbosari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    Germaniya Bundestagi Raisi oʻrinbosari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    Berlin shahrida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi va Germaniya Bundestagi Raisi oʻrinbosari Jozefina Ortleb oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Unda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy sohalarda tajriba almashish masalalariga eʼtibor qaratildi.

    Jozefina Ortleb Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini taʼkidlab, parlament diplomatiyasining siyosiy muloqotni mustahkamlash va xalqaro muammolarga yechim topishdagi ahamiyatini taʼkidladi.

    Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender tenglikni taʼminlash hamda ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu borada qonunchilik tajribasini oʻrganish va parlamentlarning tegishli tuzilmalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.

    Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik ham uchrashuvning muhim mavzularidan biri boʻldi. Tibbiy xizmatlar sifati va ommabopligini oshirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

    Uchrashuv yakunida ikki mamlakat parlamentlarining tegishli qoʻmitalari oʻrtasida, hududlararo toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni rivojlantirish va oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish manfaatdorligi bildirildi.