
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kurs koordinatorlarini (tyutorlarni) ishga qabul qilish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kurs koordinatorlarini (tyutorlarni) ishga qabul qilish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot

Joriy yilning oktyabr oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kurs koordinatorlarini (tyutorlarni) ishga qabul qilish jarayonining shaffof, ochiq va raqobatbardosh tizimini joriy etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mazkur jarayon doirasida kurs koordinatori (tyutor) lavozimiga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tanlov jarayoni mezonlari hamda ishga qabul qilingan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar universitetning rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilindi: https://www.uwed.uz/vacancies
1. Umumiy ma’lumot
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 3 ta fakultet faoliyat yuritadi. 2025-yil holatiga ko‘ra, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetida 3 ta vakant kurs koordinatori (tyutor) lavozimi mavjud.
2. Tanlov komissiyasi faoliyati
Universitet buyrug‘iga asosan pedagog va boshqa xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish bo‘yicha komissiya tuzildi. Mazkur komissiya 2025-yil oktabr–noyabr oylarida 4 marotaba yig‘ilish o‘tkazgan.
Komissiya tomonidan 36 nafar nomzodning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ular bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi. Nomzodlarning kasbiy malakasi, kommunikativ qobiliyati, talabalar bilan ishlash ko‘nikmalari, tashabbuskorligi hamda oliy ta’lim tizimi bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarni bilish darajasi kabi mezonlar asosida baholash o‘tkazildi.
3. Tanlov natijalari
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
5 nafar nomzodga kurs koordinatori (tyutor) lavozimiga tayinlanish bo‘yicha ijobiy xulosa berildi;
31 nafar nomzod esa komissiya qaroriga asosan lavozimga tavsiya etilmadi.
4. Me’yoriy-huquqiy asos
Kurs koordinatorlarini (tyutorlarni) ishga qabul qilish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan
“Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirilmoqda.
https://lex.uz/uz/docs/-7774756
Mazkur Nizomda belgilanganidek, ishga qabul qilish jarayonida nomzodlarning professional tayyorgarligi, talabalar bilan ishlash tajribasi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy fazilatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Xulosa
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kurs koordinatorlarini (tyutorlarni) ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik, shaffoflik va tanlovlilik prinsiplari asosida, amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari va universitet ichki tartib-qoidalariga muvofiq amalga oshirildi.
Ushbu jarayon universitetda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish, talabalarga individual yondashuvni kuchaytirish hamda ularning ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.




